We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Buxoroga qoʻshimcha aviaqatnovni amalga oshiradi

Share on social media

Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan «Uzbekistan Airways» AJ 2022-yil 8-may kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi.

HY-023 va HY-024 raqamli aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Toshkentdan joʻnab ketish 19:30

Buxoroga yetib borish 20:40

Buxorodan joʻnab ketish 21:40

Toshkentga yetib borish 22:40

Toshkent – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 158 183 so‘mdan (bagajsiz) va 182 518 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 304 197 so‘mdan (bagajsiz) va 352 869 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 25.04.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan www.uzairways.com, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Download PDF