We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Sankt-Peterburg: Ermitajning durdona asarlari

Share on social media

Sankt-Peterburgdagi Saroy maydonida Ermitajning asosiy muzey majmuasi joylashgan bo‘lib, u bir-biriga bog‘langan 6 ta binoni o‘z ichiga oladi. Ermitaj – dunyodagi ikkinchi yirik san’at muzeyi. Bu yerda 3 milliondan ortiq eksponatlar: rasm, grafika, haykal, arxeologik yodgorliklar va amaliy san’at buyumlari saqlanadi.
 
Agar siz Ermitajda birinchi marta bo‘lib turgan bo‘lsangiz, sizga Qishki saroyda Taxt va Ritsarlar zaliga tashrif buyurishni, Romanovlar sulolasi portretlari galereyasiga e’tibor berishni, Da Vinchi va Pikasso asarlari joylashgan alohida zalni aylanib chiqishingizni maslahat beramiz.
 
Bir tashrif buyurishda barcha 365 zalni ko‘rib chiqishning imkoni yo’q, lekin Sankt-Peterburgga sayohatga borib va Ermitajga tashrif buyurmaslik bu huddi Parijga borib Eyfel minorasini ko‘rmaslik bilan barobar.
 
5-maydan boshlab Sankt-Peterburgga O‘zbekistonning 6 ta shahridan: Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Urganch va Termizdan sayohat qilish imkoni mavjud bo‘ladi.

Download PDF