We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Aviachiptaning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin

Share on social media

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi munosabati bilan odamlar hayotini yaxshilash uchun ko‘plab yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Biroq, jamiyatda ushbu imkoniyatlardan asossiz maqsadlarda foydalanadigan ayrim fuqarolar ham bor.

Soʻnggi kunlarda soxta aviachiptalar sotish holatlari koʻpayotganligi sababli aviakompaniya yoʻlovchilarga Uzbekistan Airways haqiqiy aviachiptasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerakligini eslatib oʻtadi:

• 13 ta raqamdan iborat va 250 sonidan boshlanadigan noyob aviachipta raqami;

• aviachipta xarid qilgan agentlikning to‘liq manzili;

• aviachiptaning narxi, agentlik yig‘imi miqdori va xarid qilingan avaichiptaning tarifi;

• bagaj uchun ruxsat etilgan joy miqdori;

• Uzbekistan Airways aviaqatnoviga chiqish va ro‘yxatdan o‘tish vaqti tugashi haqida eslatma.

Xarid qilingan aviachiptani (https://auxiliary.uzairways.com/uz/) havolasi yoki Aloqa markazi raqami: 78 140 02 00 (kecha-yu kunduz faoliyat yuritadi) orqali tekshirib olishingiz mumkin.

Xurmatli yo‘lovchilar! Uzbekistan Airways ushbu ma’lumotlarni doimo tekshirib ko‘rishingizni va aviachiptalarni xarid qilishda hushyor bo‘lishingizni so‘rab qoladi.

Download PDF