We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati IMTM-2022 xalqaro O‘rta yer dengizi sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Share on social media

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati joriy yilning 29-30 mart kunlari Tel-Aviv shahrida bo‘lib o‘tayotgan IMTM-2022 xalqaro O‘rta yer dengizi turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda.

“Uzbekistan Airways” AJ ko‘rgazma stendida O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari, shuningdek, Turizm va madaniy meros vazirligi, hunarmandlar ishtirok etmoqda.

O‘rta yer dengizi xalqaro turizm yarmarkasi IMTM-2022 bu yil ekoturizm, sog‘lomlashtirish va madaniy turizm, plyaj yoki shahar ichida dam olish, ommaviy takliflar, individual sayohatlar kabi yo‘nalishlarni taqdim etadi.

Dunyoning 70 mamlakatidan taxminan 2 000 yaqin ko‘rgazmali eksponentlari yangi yo‘nalishlarni aniqlash, yanada yaqinroq aloqalar o‘rnatish, hamkorlik shartnomalari tuzish, tajriba almashish va dunyo turizmi yangiliklari haqida ma’lumotlar olish uchun ushbu yirik sayyohlik maydonchasida to‘plandilar.

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati stendi birinchi kundanoq ko‘plab mehmonlar, jumladan, sayyohlik bozori mutaxassislari va potentsial sayyohlarning e’tiborini jalb qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways”  aviakompaniyasi haftasiga ikki marta Tel-Aviv shahriga muntazam qatnovlarini amalga oshiradi.

Download PDF