We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-Nukus-Mo‘ynoq yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirdi

Share on social media

Bugun, 2022-yil 26-mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-Nukus-Mo‘ynoq aviaqatnovini amalga oshirdi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Airbus A320 havo kemasi Mo‘ynoq aeroportiga kelib qo‘ndi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, Mo‘ynoq shahar hokimligi, turizm va madaniy meros vazirligi hududiy boshqarmasi, ommaviy axborot vositalari vakillari yo‘lovchilarni – Toshkentdan kelgan mehmonlarni tantanali ravishda kutib olishdi.

Mo‘ynoq aeroporti 1990-yillardan beri aviatashuvlar uchun foydalanilmaydi. Ilgari ushbu aeroportdan Nukus, Urganch, Toshkent va mamlakatimizning boshqa shaharlariga parvozlar amalga oshirilgan.  O‘zbekiston hukumati qaroriga asosan Mo‘ynoq aeroportini rekonstruksiya qilish 2019-yilda boshlangan edi. Terminal binosi, aeroport atrofidagi to‘siqlar va uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etildi.

Ta’kidlash joizki, ayni paytda Mo‘ynoq va Nukus shaharlarida “Stixiya”, “Rally Muynak”, “Orol dengizi va Mo‘ynoqning tiklanishi” xalqaro ekofestivallari kabi ko‘plab madaniy va sayyohlik tadbirlari, shuningdek, gastronomik festivallar o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu madaniy xilma-xillik turizm salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi va mintaqaga ekstremal sayohat xush ko‘ruvchilarini jalb qiladi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Uzbekistan Airways Toshkentdan Nukusga kuniga ikki marta, haftasiga yetti kun qatnovlarni amalga oshirmoqda.

Joriy yilning 26-27 mart kunlari Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil etilgan “NavrUZ etnofestivalini Nukus va Mo‘ynoq shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Download PDF