We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

COVID-19: BAAga kirish uchun yangilangan qoidalar

Share on social media

Uzbekistan Airways Birlashgan Arab Amirliklari shaharlariga kirish qoidalari o‘zgarganligini ma’lum qiladi. 2022-yil 26-fevraldan boshlab yo‘lovchilar mamlakatga kirish uchun uchta amaldagi hujjatdan birini taqdim etishlari kerak:

  • JSST yoki BAA tomonidan tasdiqlangan emlanganlik (2 doza) toʻgʻrisidagi sertifikat;
  • Covid-19 testining manfiy natijasi (amal qilish muddati 48 soat);
  • yo‘lovchining 1 oy ichida Covid-19 dan tuzalib ketganini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma (sog‘aygan sanasi va BAAga kelgan sanasi).

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha sertifikat/hujjatlar ingliz yoki arab tillarida chop etilishi va QR-kodiga ega bo‘lishi kerak.

Yuqoridagi talablar bajarilmagan holda, yo‘lovchilar havo kemasi sahniga qo‘yilmaydi.

Download PDF