We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Polshadan bajarilayotgan maxsus reyslar haqida rasmiy ma’lumot

Share on social media

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan O'zbekiston fuqarolarini mamlakatimizga olib kelish uchun tashkil etilayotgan maxsus aviareyslar uchun aviachiptalar sotilayotganligi to'g'risida yolg'on ma'lumotlar tarqatilmoqda.

Fuqarolardan shu kabi xabarlarga ishonmasliklarini, maxsus aviareyslar O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan bepul tashkil etilayotganligini ma'lum qilamiz.
Hozirda Polshaning Katovitse shahridan "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan bajarilayotgan maxsus aviaqatnovlar orqali O'zbekistonga olib kelinayotgan fuqarolardan aviachipta uchun hech qanday to'lov undirilmaydi.

Eslatib o'tamiz, Ukrainadagi O'zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish hamda maxsus aviareyslar orqali mamlakatimizga jo'natish ishlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Download PDF