We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

“Uzbekistan Airways” AJ Rostov va Krasnodarga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qiladi

Share on social media

Rossiya Federatsiyasining Rostov-na-Donu (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi munosabati bilan, aviakompaniya quyidagi rejalashtirilgan muntazam qatnovlar bekor qilinganligini ma’lum qiladi:

- HY-9647/9648 Toshkent-Rostov-na-Donu-Toshkent yoʻnalishida – 25, 27-fevral va 2-mart kunlari;

- HY-9687/9688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yoʻnalishida – 27-fevral va 1-mart kunlari; 

- HY-3687/3688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yoʻnalishida – 2-mart kuni.

Bekor boʻlgan parvozlar yoʻlovchilari aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

Toʻgʻri tushunishingizga umid qilamiz.

Download PDF