We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Toshkent – Sochi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar tiklanishi

Share on social media

Uzbekistan Airways joriy yilning 30-yanvaridan boshlab Toshkent – Sochi –Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanishini ma’lum qiladi. Parvozlar haftasiga bir marotaba – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 1 883 446 so‘mdan (bagajsiz) va 2 067 881 so‘mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish boʻyicha aviachiptalar 3 573 113 so‘mdan (bagajsiz) va 3 941 982 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3% chegirma taqdim etiladi.

Narxlar 24.01.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

 

Download PDF