"Uzbekistan Airways" AJ kadrlarni tanlashda korrupsiya holatlarining oldini olish bo`yicha choralarini kuchaytirish to`g`risidagi MA`LUMOTNOMA
"Uzbekistan Airways" AJ korrupsiya holatlarining oldini olish va yuqori korporativ etika standartlarini shakllantirish maqsadida xodimlarni, xususan, bortkuzatuvchilarni tanlashda shaffoflik va xolislikni ta’minlash bo‘yicha zamonaviy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
"Uzbekistan Airways" AJ HK bortkuzatuvchilarini tanlash va ishga qabul qilish to‘g‘risidagi Nizomga (23.02.2024-yildagi 144-son buyruq) muvofiq, tanlov komissiyasi ishida ishtirokchilarning javoblarini audio va video tasmaga yozib olish majburiy hisoblanadi. Barcha materiallar AJning Bortkuzatuvchilar xizmati Departamentida qayd etiladi va saqlanadi, bu jarayonning shaffofligini va tanlov natijalarini xolisona ko‘rib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilikni xabardor qilish uchun AJning korporativ veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida aviakompaniya va uning tarkibiy bo‘linmalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda: https://corp.uzairways.com/ru/vacancy
Bundan tashqari, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi bilan birgalikda turli media-resurslar va ijtimoiy tarmoqlarda soha mutaxassislarini ishga qabul qilish to‘g‘risidagi e’lonlarni faol ravishda joylashtirmoqda, jumladan:
• https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/uzbekistan-airways-parvoz-oquv-muassasalari-bitiruvchilarini-ishga-qabul-3
• https://t.me/uzbekistanairways/7361
• https://www.gazeta.uz/uz/2025/11/19/uzbekistan-airways/
Bunday chora-tadbirlar kadrlar jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, tanlash tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish va "Uzbekistan Airways" AJ faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish imkonini beradi.