Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

"Uzbekistan airways" AJ HK sahnida oldindan joy tanlash va bronlash qoidalari

Ulashing

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Qoidalar “Uzbekistan airways” AJ muntazam qatnovlaridagi HK sahnida oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash tartib-taomillarini belgilab beradi. Uzbekistan airways HK sahnida oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmatlari hududida Uzbekistan airways yoʻlovchi tashuvlari va ular bilan bogʻliq xizmatlar sotiladigan istalgan mamlakatning davlat organlari tegishli koʻrsatmalari, qonunlari va qoidalariga rioya qilingan holda koʻrsatiladi.

1.2. Uzbekistan airwaysning xalqaro qatnovlarida, qatnovni bajaradigan havo kemasidagi oʻrindiqlar xaritasiga muvofiq pullik va bepul asoslarda oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmati koʻrsatiladi. Har bir rusumdagi HKda oldindan pullik bronlash uchun iqtisodiy klass salonida cheklangan sondagi eng qulay oʻrindiqlar aniqlanadi.

1.3. Oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash aviachipta rasmiylashtirib boʻlingach, bunday xizmatlarni bajarish uchun oʻrnatilgan muddat ichida amalga oshiriladi.

1.4. HK salonida barcha toifadagi oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmati qatnovning jadval boʻyicha uchish vaqtidan 45 kun ilgari boshlanadi. Bu xizmatni koʻrsatish qatnovning jadval boʻyicha uchishiga kamida 36 soat qolganda toʻxtatiladi. Koʻrsatilgan muddatdan soʻng bron qilinmagan joylar qatnov uchishidan oldin yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishning belgilangan tartibiga muvofiq taqsimlanadi.

1.5. Aviakompaniya yoʻlovchiga u HK sahnidagi eng qulay zonadan tanlagan ma’lum raqamli pullik joyni berishi mumkin. Yoʻlovchi shuningdek ma’lum bepul joyni yoki u xizmat koʻrsatish klassiga muvofiq aviachipta haqi toʻlangan salondan oʻzi ma’qul koʻrgan joyni bepul tanlashi mumkin.

1.6. Quyidagi toifadagi yoʻlovchilarga avariya paytida chiqish joyidagi (HK oʻrindiqlar xaritasidagi E kodli joylar) oldindan bron qilingan oʻrindiqlarni berish koʻzda tutilmagan:

- bolalari bilan uchadigan yoʻlovchilar;

- ogʻir kasal yoʻlovchilar, shu jumladan oʻzi harakatlana olmaydigan yoʻlovchilar, jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilar, nogironlar aravachasida harakatlanuvchi yoʻlovchilar, aqlan zaif va rivojlanishi orqada qolgan yoʻlovchilar;

- maxsus oʻrgatilgan itlar yordamida harakatlanuvchi, koʻrish va eshitish qobiliyatlari cheklangan yoʻlovchilar;

- soqchilar nazorati ostida olib ketiladigan yoʻlovchilar;

- ogʻirligi katagi/qafasi bilan birgalikda 8 kilogramdan oshmaydigan kichik jonivorni oʻzi bilan HK sahnida olib ketayotgan yoʻlovchi;

- HK sahnida qoʻshimcha yoʻlovchi oʻrindigʻida bagaj olib ketadigan yoʻlovchilar;

- kislorod ballon bilan ketayotgan yoʻlovchilar;

- 18 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchilar.

Koʻrsatilgan toifadagi yoʻlovchilar roʻyxatdan oʻtayotgan paytlarida HK salonidagi joylarga aviatsiya xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda joylashtiriladilar.

Bolalari bilan uchadigan yoʻlovchilar va 18 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchilar uchun istisnolar mavjud, ular aviachipta sotib olayotganda oʻrindiqlarni oldindan tanlash va bronlash xizmatidan foydalanishlari mumkin.

2. Bepul joylarni oldindan tanlash va bronlash qoidalari

2.1. Pul toʻlash orqali bron qilish uchun taklif etiladigan, shuningdek avariya paytida chiqiladigan joydagi oʻrindiqlardan tashqari, HKdagi barcha mavjud oʻrindiqlar bepul oldindan bronlash uchun taklif etiladi.

2.2. Oʻrindiqlarni bepul oldindan tanlash va bronlashda yoʻlovchilar quyidagi joylarni soʻrab olishlari mumkin:

- Deraza yonidagi joy;

- Yoʻlak yonidagi joy;

- Chap tomon;

- Oʻng tomon;

- Salon markazidan joy.

2.3. Yoʻlovchi oldindan joy tanlagan va bron qilgan qatnovni bajaradigan HK rusumi oʻzgartirilganda, qatnovlar yuklamasi birlashtirilganda, majburiy toʻxtash holatlarida va boshqa vaziyatlarda yoʻlovchiga u oldindan bron qilgan joy berilmasligi mumkin, aviakompaniya unga roʻyxatdan oʻtish paytida boʻsh boʻlgan istalgan joyni beradi. Bunda maxsus toifadagi yoʻlovchilarga HKda tegishli toifadagi yoʻlovchilar uchun ajratilgan joylar taklif etiladi.

3. Pullik joylarni oldindan tanlash va bronlash qoidalari

3.1. Yoʻlovchi tomonidan HK sahnidagi eng qulay zonadan tanlangan pullik joylarni oldindan bronlash xizmati uchun haq toʻlashda quyidagi narxlar belgilangan:

DirectionFront row seat prices (EUR)
Bukhara5
Urgench, Nukus8
Other domestic flights3
Kaliningrad, Sochi, Tyumen10
Bishkek, Astana, Dushanbe, Minsk, Nijniy Novgorod15
Yekaterinburg, Ufa, Samara, Krasnoyarsk18
Novosibirsk, Krasnodar, Delhi, Sharm el-Sheikh, Hurghada, Lahore, Almaty, Baku, Amritsar, Voronezh, Urumchi, Beijing, Rostov, Jeddah, Mumbai, Goa, Orenburg, Omsk, Perm, Nijnevartovsk20
Moscow, Sankt-Peterburg, Mineralnye Vody, Kazan, Vladivostok, Khabarovsk, Irkutsk, Sharjah, Tbilisi, Batumi, Grozny, Makhachkala, Hangzhou, Madrid25
London, Frankfurt, Munich, Riga, Tel-Aviv, Paris, Milan, Rome35
Nha Trang, Phu Quoc, Seoul38
Seoul, Tokio, Bangkok, Kuala-Lumpur, Phuket40
Istanbul, Ankara50
Dubai60
New-York70

Rates for payment of the service of preliminary reservation of seats in the priority zone (2, 3, 4 and 5 rows)

DirectionPrices for seats in rows 2,3,4 and 5 of Y class cabins (EUR)
Bukhara4
Urgench, Nukus6
Other domestic flights2
Kaliningrad, Sochi, Tyumen4
Moscow, Bishkek, Astana, Dushanbe, Minsk, Киев, Актау, Актобе, Атырау, Yekaterinburg, Ufa, Samara, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Krasnodar, Dehli, Sharm el-Sheikh, Hurghada, Lahore, Amritsar, Voronezh, Urumchi, Beijing, Rostov, Jeddah, Mumbai, Goa, Orenburg, Omsk, Perm, Nijniy Novgorod, Nijnevartovsk10
Almaty, Baku, Sankt-Peterburg, Mineralnye Vody, Kazan, Vladivostok, Благовещенск, Khabarovsk, Irkutsk, Sharjah, Hangzhou, Мадрид, Ереван15
Tbilisi, Batumi, Grozny, Makhachkala17
London, Frankfurt, Munich, Riga, Tel-Aviv, Paris, Milan, Rome25
Nha Trang, Phu Quoc, Санья25
Seoul, Tokio, Bangkok, Kuala-Lumpur, Phuket, Сингапур, Даккарата30
Бали35
Dubai50
New-York70

Rates for payment of the service of preliminary reservation of seats (except for the first rows and priority zone)

DirectionPrices for seats in salons except for the first row and priority zone (EUR)
Bukhara, Urgench, Nukus3
Other domestic flights1
Kaliningrad, Sochi, Tyumen3
Bishkek, Astana, Dushanbe, Minsk, Киев, Актау, Актобе, Атырау, Yekaterinburg, Ufa, Samara, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Krasnodar, Dehli, Sharm el-Sheikh, Hurghada, Lahore, Almaty, Baku, Moscow, Sankt-Peterburg, Mineralnye Vody, Kazan, Vladivostok, Благовещенск, Khabarovsk, Irkutsk, Sharjah, Tbilisi, Batumi, Grozny, Makhachkala, Amritsar, Voronezh, Urumchi, Beijing, Rostov, Jeddah, Mumbai, Goa, Orenburg, Omsk, Perm, Nijniy Novgorod, Nijnevartovsk5
Nha Trang, Phu Quoc, Hangzhou, Мадрид, Ереван, Санья7
London, Frankfurt, Munich, Riga, Tel-Aviv, Paris, Milan, Rome, Seoul, Tokio, Bangkok, Kuala-Lumpur, Phuket, Istanbul, Ankara, Dubai, Даккарата, Бали10
New-York15

3.2. Pullik joylarni oldindan tanlash va bronlashda HKning eng qulay zonalarida joylashgan oʻrindiqlar taklif etiladi. Bunday bronlashda quyidagi joylar taklif etilmaydi:

- holatini oʻzgartirmaydigan oʻrindiqlar;

- maxsus toifadagi yoʻlovchilar– jismoniy imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar, yosh bolali yoʻlovchilar, kuzatuvchisiz olib ketilayotgan bolalarni joylashtirish uchun ajratilgan joylar

- HK ekipaji, texnik xodimlari va qatnov bajarilishi chogʻida xizmat vazifalarini bajarish uchun HK sahniga joylashtiriladigan mansabdor shaxlarning boshqa toifalari uchun ajratilgan joylar.

3.3. Pullik joylarni oldindan tanlash va bronlashda ma’lum raqamli, quyidagicha joylashgan oʻrindiqlar taklif etiladi:

- eng qulay joylar – iqtisodiy klass salonidagi birinchi qatorlar;

- illyuminatorlar yonidagi joylar;

- yoʻlaklar yonidagi joylar.

3.4. Bitta bron orqali chipta sotib olgan bir necha yoʻlovchi oldindan joy tanlash va bronlashda bepul joylarni ham, pullik joylarni ham tanlashlari mumkin. Bunda pullik joylarni tanlagan yoʻlovchilar uchun koʻrsatilgan xizmatlar summasiga EMD rasmiylashtirilishi kerak.