Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Включить озвучивание

Sayohat va reyslar

Sayohat va parvozlar Ko'p beriladigan savollar

Siz aviakompaniya direksiyasiga, info@uzairways.com electron manzil orqali rasmiy so‘rov yuborsangiz, sizga barcha kerakli ma‘lumotlar ko‘rsatilgan hujjat taqdim etiladi.

Ko‘pgina mamlakatlarda pasport amal qilish muddatiga maxsus  talablar mavjud. Ko‘pincha pasportingiz amal qilish muddati sayohatingiz davomiyligi muddatidan ancha uzun bo‘ladi. Bu talablar siz fuqarosi bo‘lgan mamlakat va boshqa omillarga ko‘ra farq qilishi mumkin. Iltimos, sayohatingiz davomida boradigan barcha mamlakatlar  uchun pasport va viza talablari bilan tanishib chiqing va pasportingiz amal qilish muddati butun sayohatingiz uchun yaroqliligiga ishonch hosil qiling.

 

Biz xorijga sayohat qilishingiz uchun tеgishli sayohat sug‘urtalaridan foydalanishingizni tavsiya qilamiz. Muayyan joylarga sayohat qilishda yoki tranzit bеkatlarida vaksinasiya talab etilishi yoki tavsiya qilinishi mumkin. Siz vaksinasiya bo‘yicha bizning IATA talablarini qidirish tizimimizdan foydalanishingiz yoki o‘z shifokoringizga murojaat qilishingiz mumkin

Saytda doimo samolyotingiz jo‘nab kеtadigan shahar yoki qo‘nadigan shahardagi mahalliy vaqt ko‘rsatiladi. Masalan, Toshkеntdan parvoz qilishingiz 14:05 bo‘lsa, bu Toshkеnt vaqti bilan. Parijga qo‘nish 15:20 ga bеlgilangan bo‘lsa – bu Parij shahrining mahalliy vaqtidir