Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yangi «Mahfiy yoʻlovchi» dasturi

2021 20 Dekabr
53
Ulashing

Yoʻlovchilarning fikr-mulohazalarini bilish va xizmat koʻrsatish sifatini baholash maqsadida «Uzbekistan Airways» AJ «Maxfiy yoʻlovchi» dasturini ishga tushiradi. Yangi tashabbus joriy yilning 15-dekabridan boshlandi.

Barcha bosqichlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish haqidagi respondentlarning fikrlarini o‘rganish, mijozlarning qoniqish darajasini aniqlash, «Uzbekistan Airways» AJ yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish sifati tahlilini o‘tkazish, alohida e’tibor va takomillashtirishni talab qiladigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish elementlarini aniqlash dasturning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

«Mahfiy yoʻlovchi» dasturida 18 yoshdan oshgan yoʻlovchilar ishtirok etishlari mumkin, ishtirokchilar soni cheklanmagan.

Dasturning eng faol ishtirokchilari, shuningdek, eng koʻp hisobotlarni (foto, video, audiomateriallar) tayyorlagan ishtirokchilar dastur natijalari boʻyicha aniqlanadi va uch toifali Uzairplus dasturidan yoqimli bonuslar bilan taqdirlanadi.

Mazkur dasturda ishtirok etish uchun, ushbu havoladagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni soʻraymiz: https://www.uzairways.com/uz/hy-maxfiy-yolovchisi-dasturi-togrisida-nizom

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling