Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Vyetnamga sayohat qilayotganlar diqqatiga

2026 22 Iyun
Ulashing

Vyetnamga sayohat qilishni rejalashtiryapsizmi? Mamlakatga kirishning yangi qoidalari haqida muhim ma’lumot 

 

Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Immigratsiya xizmati mamlakatga kelayotgan barcha chet el fuqarolari uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tishni (Pre-Arrival Information) joriy etmoqda.

 

Yangi talab 2026-yil 22-iyundan kuchga kiradi va Uzbekistan Airways’ning 23-iyundagi HY561 aviaqatnovidan boshlab barcha yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

 

Parvozdan oldin nima qilish kerak: 

1. https://prearrival.immigration.gov.vn rasmiy portalida (yoki QR-kodni skanerlagan holda) immigratsiya shaklini to‘ldirish.

2. Arizani Vyetnam aeroportida chegarani kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin rasmiylashtirish. 

3. Chegara nazoratida ko‘rsatish uchun olingan QR-kodni smartfonga saqlab qo‘yish yoki qog‘ozga chop etish.

 

Yangi raqamli format sizning qulayligingiz uchun joriy etilgan: u ma’lumotlarni tekshirishni avtomatlashtirishga va manzildagi pasport nazoratidan o‘tish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishga xizmat qiladi.

 

Xorijiy mamlakatlarga kirish bo‘yicha dolzarb talablarning to‘liq ro‘yxati bilan saytimizda tanishishingiz mumkin: 
https://www.uzairways.com/uz/ozbekiston-respublikasi-fuqarolarining-ayrim-davlatlarga-kirishlari-uchun-qoyiladigan-maxsus

 

Iltimos, ushbu shaklni oldindan to‘ldirib qo‘yishni unutmang. Sizga yoqimli parvoz va unutilmas ta’til tilaymiz!

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?