Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Vashington, 2025-yil 6-noyabr: Uzbekistan Airways Boeing 787 Dreamliner uchun buyurtmasini kengaytirmoqda

2025 7 Noyabr
Ulashing

2025-yil 6-noyabr kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan C5+1 sammiti doirasida Uzbekistan Airways va Boeing kompaniyalari o‘rtasida sakkizta Boeing 787-9 Dreamliner havo kemasiga berilgan opsionlarni qat’iy buyurtmaga aylantirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Hujjatni Uzbekistan Airways Boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov va Boeing kompaniyasining Yevrosiyo va Hindiston bo‘yicha savdo va marketing vitse-prezidenti Pol Rigi imzoladilar.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasining zamonaviy keng fyuzelyajli Boeing 787-9 Dreamliner havo kemalariga berilgan umumiy qat’iy buyurtmasi 22 ta havo kemasini tashkil etdi. Yangi havo kemalari xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va aviakompaniyaning global bozordagi o‘rnini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Imzolash marosimi Vashington (Kolumbiya okrugi) shahrida bo‘lib o‘tgan C5+1 sammiti doirasida, AQSh savdo vaziri Govard Latnik hamda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirokida o‘tkazildi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?