Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

«Uzbekistan Helicopters» MCHJda korrupsion xavflarni kamaytirish va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish masalalari muhokama qilindi

2025 12 Dekabr
Ulashing

"Uzbekistan Helicopters" mas’uliyati cheklangan jamiyatida "Uzbekistan Airways" xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda korrupsiyaning oldini olish, korrupsion xavflarni minimallashtirish hamda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tartibga solish bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

 

 

Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi normativ va korporativ mexanizmlar, komplaens-nazorat talablari hamda xizmat etikasi qoidalariga rioya etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish tartiblariga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, xodimlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va korrupsiyaga qarshi normalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar olish imkoniyati yaratildi.

 

Mazkur uchrashuv «Uzbekistan Airways» AJ tizimida halollik va mas’uliyat madaniyatini shakllantirish, xodimlarning huquqiy ongini oshirish hamda kompaniya faoliyatida shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlarning bir qismi hisoblanadi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?