Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

«Uzbekistan Airways»ning Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilmoqda

2020 27 Fevral
1183
Ulashing

25 ta davlat — shularning ichida O'zbekistondan ham kelgan turist va ziyoratchilarining Saudiya Arabistoniga kirib kelishi vaqtinchalik ma'n etilgani sababli 2020-yilning 27-fevralidan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Jidda va Madinaga bo'lgan barcha qatnovlari vaqtinchalik to'xtatib qo'yilmoqda. Bunday qaror qabul qilinganligini mamlakat hukumati COVID-19 koronavirusi tarqalishining xavfini oldini olish zarurligi bilan tushuntirmoqda. 

Shu bilan birga aviakompaniya tomonidan qisqa vaqt ichida faqatgina bizning fuqarolarimiz Saudiya Arabistonidan qaytib kelishlari uchun bir necha qatnovlar amalga oshirilishi haqida xabar bermoqdamiz.

Qo’shimcha ma'lumotlar uchun O'zbekiston musulmonlari idorasining 71-240-39-33 telefon raqamiga yoki 78-140-02-00 orqali aviakompaniyaning yagona aloqa markaziga murojaat qilishingizni so'raymiz.

PDF-ni yuklab oling