Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways’dan Toshkent-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha 20% chegirma

2023 7 Fevral
476
Ulashing

Uzbekistan Airways 2023-yil 7-fevraldan 10-aprelgacha Toshkent – Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha aviaqatnovlarning ekonom va biznes-klass tariflariga 20% maxsus chegirma taqdim etadi.

Chegirmaning shartlari:

  • Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  • Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
  • 04.11.2023 dan boshlab aviareyslarda toʻliq foydalanilmagan, chegirma bilan chiqarilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qoʻllanilmagan holda toʻliq tarif darajasiga qoʻshish zarur;
  • 07.02.2023 dan 04.10.2023 gacha bo‘lgan davrda ilgari berilgan aviachiptalar aviaqatnovlar uchun qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma tarifga qo‘llanilmaydi;
  • 2023-yil 11-apreldan boshlab chegirma bilan chiqarilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar reyslarga qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma aksiya muddatiga to‘g‘ri kelmagan 2-segmentga nisbatan qo‘llanilmaydi;
  • Chegirma faqat aksiya muddatiga to‘g‘ri keladigan sayt uchun amal qiladi;
  • Chegirmalarni birlashtirish (bolalarniki bundan mustasno) taqiqlanadi;
  • Chegirma Toshkent-Nyu-York yo‘nalishi bo‘yicha e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflariga, borish va qaytish uchun ruxsat etiladi.

Aviachiptalarni chegirma bilan www.uzairways.com sayti, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali va uning agentlaridan, shuningdek, aviakompaniyaning chet eldagi vakolatxonalaridan xarid qiling.

PDF-ni yuklab oling