Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways “Yoshlar turizmi haftaligi” munosabati bilan 21% chegirma e’lon qiladi

2023 14 Mart
2728
Ulashing

“Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways joriy yilning 23-31 mart kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi) maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga 21% chegirma e’lon qiladi.

Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilmagan aviachipta uchun mablagʻlarni qaytarish summasini hisoblash uchun chegirmani qoʻllamagan holda foydalanilgan yoʻnalishdagi tarif chiqarib tashlanadi.

To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptani qayta rasmiylashtirganda, agar uchish sanalaridan biri chegirma taqdim etiladigan vaqtga to‘g‘ri kelmasa, chegirma qo‘llanilmagan holda, tarif to‘liq undiriladi.

Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina Uzbekistan Airways Sales yoki uning agentlariga murojaat qilishingiz kerak.

PDF-ni yuklab oling