Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarining qo‘l yuki

2026 15 May
Ulashing

Yo‘lovchi o‘zidagi barcha ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj va qo‘l yukini qatnovga ro‘yxatdan o‘tish ustinida rasmiylashtirish uchun taqdim etishi shart.

Havo kemasi (HK) salonida alohida o‘rindiqni egallagan har bir yo‘lovchi quyidagilardan iborat qo‘l yukini bepul olib o‘tishi mumkin:

•        parvoz davomida oldindagi yo‘lovchi o‘rindig‘i ostiga joylashtirilishi kerak bo‘lgan shaxsiy buyumlar (Hand baggage) (sumka, ixcham ryukzak yoki portfel, barsetka va h.k.), og‘irligi 5 kg dan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha hajmi 92 sm dan oshmasligi kerak. 

•        aviakompaniya tomonidan HK salonida olib o‘tishga ruxsat etilgan va yo‘lovchi o‘rindiqlari tepasida joylashgan bagaj javonlariga joylashtiriladigan, uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 115 sm dan oshmaydigan bagaj o‘rni/o‘rinlari (Cabin baggage). 

HK salonida olib o‘tishga ruxsat etilgan bagaj (Cabin baggage) og‘irligi quyidagilardan oshmasligi kerak:

•        Ekonom-klass yo‘lovchilari uchun – 8 kg;

•        Biznes-klass yo‘lovchilari uchun – 10 kg.

Salonda bagaj javonlarida olib o‘tishga ruxsat etilgan bagaj (Cabin baggage) tomonlarining ruxsat etilgan maksimal o‘lchamlari 55 sm, 35 sm va 25 sm dan, uch o‘lchamning maksimal yig‘indisi esa 115 sm dan oshmasligi kerak. Ushbu o‘lchamlar g‘ildiraklar, tutqichlar va bagaj o‘rinlarining yon cho‘ntaklarini ham o‘z ichiga oladi. Agar bunday bagaj 1 tadan ortiq sumka (o‘rin) dan iborat bo‘lsa, unda bu bagaj o‘rinlarining barchasi tashish uchun qabul qilinayotganda bitta butun o‘rin sifatida hisobga olinishi kerak va bu o‘rinlarning uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha umumiy o‘lchamlari 115 sm dan oshmasligi kerak.

Shaxsiy buyumlar/hujjatlar (Hand baggage) bo‘lgan bagaj o‘rinlarining ruxsat etilgan maksimal o‘lchamlari (ixcham sumka/ryukzak/portfel/barsetka va h.k.) – uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 92 sm dan va og‘irligi 5 kg dan oshmasligi kerak.

Agar qo‘l yuki aviakompaniya tomonidan belgilangan og‘irlik va/yoki hajm me’yorlaridan oshsa, qatnovga ro‘yxatdan o‘tish paytida u ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj sifatida tashish uchun topshirilishi kerak.

Agar havo kemasi salonida qo‘l yukini joylashtirish uchun joy bo‘lmasa, ro‘yxatdan o‘tish paytida yo‘lovchiga qo‘l yukini ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj sifatida tashish taklif qilinishi mumkin. Agar bunday qo‘l yukining og‘irligi va o‘lchamlari aviakompaniya tomonidan ruxsat etilgan me’yorlar doirasida bo‘lsa, unda bunday bagaj qo‘shimcha to‘lovlarsiz samolyotning bagaj bo‘limida tashish uchun qabul qilinadi.

Agar yo‘lovchining o‘zi ruxsat etilgan qo‘l yuki me’yorini havo kemasining bagaj-yuk bo‘limida tashishni so‘rab murojaat qilsa, unda bunday qo‘l yuki identifikatsion raqamli yorliqlar bilan belgilanadi va shuningdek, havo kemasining bagaj/yuk bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagaj sifatida me’yordan ortiq kilogramm/bagaj o‘rinlari uchun to‘lovlarsiz tashiladi.

Belgilangan qo‘l yukini olib o‘tish me’yorlaridan tashqari, yo‘lovchi o‘zi bilan HK saloniga quyidagilarni olishi mumkin: 

•        ixcham portpleddagi (kiyim g‘ilofi) kostyum;

•        Duty Free do‘konlarida xarid qilingan, og‘irligi 5 kg dan va uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 92 sm dan oshmaydigan paketga qadoqlangan tovarlar;

•        parvoz davomida harakatlanishi cheklangan yo‘lovchining mustaqil harakatlanishi uchun bitta moslama (qo‘ltiqtayoq, xodunok, hassa, rollator va h.k.). Bunday moslama yig‘iluvchi nogironlar aravachasi bo‘lishi ham mumkin, u havo kemasi salonida faqat uni xavfsiz joylashtirish uchun joy mavjud bo‘lganda olib o‘tilishi ruxsat etiladi. Bunday joy bo‘lmaganda, aravacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan bagajda qo‘shimcha to‘lovsiz tashish uchun topshiriladi;

•        5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun – uch o‘lcham yig‘indisi bo‘yicha 118 sm dan (55×40×23 sm) oshmaydigan bolalar yo‘l beshigi yoki yig‘iluvchi aravacha.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?