Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways yangi turdagi havo kemalarini olish to‘g‘risida bitim tuzdi

2023 15 Iyun
1282
Ulashing

   2023-yilning 15-iyun kuni LET L-410 turdagi havo kemalarini sotib olish to'g'risida bitim imzolandi. LET l-410 19 tagacha yo'lovchini tashish uchun mo'ljallangan samolyot bo‘lib uzunligi 510 metrdan boshlanadigan har qanday uchish-qo'nish yo'lagiga qo'na oladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining aviaparki tez orada yangi turdagi havo kemalari bilan to'ldiriladi. 2023-yil 15-iyun kuni Uzbekistan Airways bosh ofisida kichik guruh yo‘lovchilarini tashish uchun ichki yo‘nalishlarda reyslar sonini ko‘paytirish, shuningdek, respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Chexiyaning LET Aircraft Industries konsernining LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

LET L-410 turidagi samolyotlar 19 tagacha yo‘lovchini tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib 1500 kilometrgacha parvoz qila oladi. Ushbu havo kemalarini qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklarida qo‘llash va respublika ichidagi Zarafshon va Shahrisabz shaharlari kabi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan. Yaqin kelajakda Toshkent va Andijon shaharlari oʻrtasida muntazam aloqalarni tiklash ham rejalashtirilgan, bu ham LET L-410 havo kemalarining texnik xususiyatlari va Andijon xalqaro aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagining o‘ziga xosligi tufayli mumkin boʻladi.

Bugungi kunda LET L-410 tipidagi samolyotlar butun dunyoda keng qo'llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi milliy aviatashuvchisi ushbu turdagi 4 tagacha samolyot sotib olishni rejalashtirmoqda, bu esa kelgusida o‘zbekistonliklar va poytaxt mehmonlari uchun avval borish imkoni bo‘lmagan yo‘nalishlarga sayohat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, Uzbekistan Airways’ning O‘quv-mashg‘ulot markazi bazasida fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini dastlabki tayyorlash jarayonining bosqichlaridan birida LET L-410 rusumli avialaynerlardan foydalanish rejalashtirilgan. 

PDF-ni yuklab oling