Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways yangi LET L-410 havo kemasini o‘zlashtirishni boshladi

2023 15 Iyul
2987
Ulashing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida birinchi LET L-410 havo kemasini kutib oldi. Yangi turdagi samolyot an’anaviy ravishda suv arkasi bilan kutib olindi.

Uzbekistan Airways o‘zining transformatsiyasi jarayonida nafaqat xorijda, balki mamlakat ichida ham parvozlar geografiyasini kengaytirishni davom ettirmoqda. O‘zbekistondagi eng yirik aviatashuvchining marketing strategiyasida respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarni amalga oshirish belgilangan. O‘nlab yillar oldin havo qatnovi to‘xtatilgan yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish juda muhim. LET Aircraft Industries Chexiya ishlab chiqaruvchisining ikkita samolyotining biri, ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun kelgan L-410 tanlangan aviakompaniya strategiyasining mantiqiy davomi bo‘ladi.

LET L-410 samolyoti ishlab chiqarish zavodida qabul qilinib, parvoz xususiyatlarini tekshirilganidan so‘ng Kunovitsa shahridan Toshkentga yo‘l oldi. Samolyot Bolgariya, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon va Turkmanistonda yonilg‘i quyish uchun oraliq qo‘nish bilan o‘z manziliga muvaffaqiyatli yetib keldi.

O‘zbekistonda aviatsiya sohasi rivojlanib bormoqda. Prezidentimiz tomonidan respublika ichidagi qatnovlarni ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi. O‘tgan yilning birinchi yarmida aviakompaniya tomonidan faqat respublika ichidagi yo‘nalishlarda 3 077 ta reysni, 2023-yilning shu davrida esa 3 200 dan ortiq reyslarni amalga oshirildi, bu esa mamlakatda ichki turizmning rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi.

 

FOTO1

L-410 ishonchliligi, xavfsizligi va ekstremal iqlim sharoitida foydalanishga ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi. Ushbu turdagi samolyotlar Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika va Yevropa qit’alarida, dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida ekspluatatsiya qilinmoqda. Samolyot ko‘p maqsadli va bir nechta variantlarda ishlab chiqariladi. L-410 – bu yo‘lovchi va yuklarni qisqa masofalarga tashish uchun ideal texnik va eng yaxshi iqtisodiy yechim. Ushbu turdagi havo kemalari qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklariga, shu jumladan turqopli yerga qo‘nishi mumkin. Ikki dvigatelli qisqa masofali samolyot ekspluatatsiyasi va unga texnik xizmat ko‘rsatish kam xarajatlarni talab etadi.  

Samolyot haqida ma’lumot:

L-410 UVP-E20 – qisqartirilgan uchish-qo‘nish yo‘lagidan uchish va qo‘nish uchun mo‘ljallangan ikki dvigatelli qisqa masofali transport samolyoti. Ekstremal ob-havo sharoitida (-50 °C dan +50 °C gacha) ekspluatatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. 19 ta yo‘lovchi o‘rindiqlari va moslashuvchan konfiguratsiyaga ega bo‘lib, unda yuk bo‘linmasini jihozlash mumkin.

 

Maksimal kreyser tezligi soatiga – 405 km.

Maksimal parvoz masofasi – 1 500 km.

Maksimal parvoz davomiyligi – 5 soat 10 daqiqa.

Maksimal parvoz ekspluatatsiya balandligi – 4 200 m.

Uchish uchun kerak bo‘ladigan masofa – 510 m.

Qo‘nish uchun kerak bo‘ladigan masofa – 500 m.

 

Bortdagi elektron uskunalar Garmin GPS zamonaviy kommunikatsiya va navigatsiya tizimlari, xavfli yaqinlashishni oldini olish uchun takomillashtirilgan tizim bilan jihozlangan.

PDF-ni yuklab oling