Uzbekistan Airways xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan xayriya tadbirida ishtirok etdilar. Respublika qon quyish markazida saraton kasalligidan davolanayotgan jajji bemorlar uchun donor qoni topshirildi.


Bunday tashabbuslar bugungi kunda yordamga ayniqsa muhtoj bo‘lganlarga umid, qo‘llab-quvvatlash va sog‘ayish imkoniyatini taqdim etishga yordam beradi.


Ushbu hissa o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun xayrli ish bo‘lsin. Zero, begona bola bo‘lmaydi, har bir tomchi qon esa kimgadir salomatlik, kuch-quvvat va kelajakka ishonch had’ya etish imkoniyatidir.
Barcha yangiliklar