Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

"Uzbekistan Airways" xizmatlari EMITT Istanbul 2020da taqdim etildi

2020 4 Fevral
444
Ulashing

"Uzbekistan Airways" 30-yanvardan 2-fevralgacha Turkiya Respublikasi poytaxtida turizm va sayohat bo‘yicha  o‘tkazilgan “EMITT Istanbul 2020” 24-Xalqaro Sharqiy O‘rta yerdengizi ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

EMITT Istanbul dunyodagi beshta yetakchi sayohat ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi. Bu yil 94 mamlakatlarning mingdan ortiq tashkilot va muassasalari  sayyohlik va sayohat sohasidagi yangiliklar va xizmatlarni taqdim etish uchun Tuyap Fair ko‘rgazma markazining yagona maydonida to‘plandilar. 

ist

 

ist

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan tomoshabinlar soni 60 ming kishidan oshdi.

"Uzbekistan Airways"ning EMITT Istanbul 2020dagi  ishtiroki, albatta, aviakompaniya xizmatlarini va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini mazkur hudud va umuman xalqaro turizm bozorida keng targ‘ib etishga katta imkoniyat yaratdi. "Uzbekistan Airways"ning stendida namoyish etilgan aviakompaniyaning imkoniyatlari hamda O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqidagi reklama materiallari va roliklar, ma’lumot bukletlari, milliy shirinliklar ko‘rgazma mehmonlari orasida katta qiziqishga sabab bo‘ldi.

ist

 

 

ist

Ko‘rgazma ishtirokchilari va tadbir mehmonlari to‘rt kun davomida "Uzbekistan Airways" tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar, uning aviaparki va yangi yo‘nalishlari, parvozlar muntazamligi va qatnovlar jadvali, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyati  borasida to‘liq ma’lumot olishdi.

EMITT Istanbul ko‘rgazma ishi davomida "Uzbekistan Airways" vakillari mamlakatimizga turlar tashkil etishga qiziqish bildirgan sayyohlik firmalari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va transit qatnovlar uchun aviakompaniya xizmatlaridan manfaatdor bo‘lgan individual sayyohlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdilar.

EMITT Istanbul 2020 tashkilotchilari "Uzbekistan Airways" stendini yuqori baholab, aviakompaniyaga mazkur yirik xalqaro turizm forumida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdilar.

"Uzbekistan Airways"ning barcha yangiliklaridan xabardor bo‘ling.

 

PDF-ni yuklab oling