Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways uchuvchisining oilasi "Ibratli oila" faxriy nishoni bilan taqdirlandi

2026 14 May
Ulashing

Xalqaro oila kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentyabrdagi 437-sonli qaroriga muvofiq, butun mamlakat bo‘ylab “Ibratli oila” ko‘krak nishonini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Mukofotlanganlar safida “Uzbekistan Airways” xodimining oilasi ham bor. 

Ushbu faxriy mukofotga Parvozlar xizmati departamentining 1-uchuvchilar otryadi (Boeing 787) komandiri o‘rinbosari Zoid Kurganov va uning rafiqasi Shahnoza Kurganova sazovor bo‘ldi. Ko‘krak nishoni bilan birga oilaga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan hurmat, e’tirof va alohida ishonch ramzi sifatida uyning kirish qismiga o‘rnatiladigan maxsus lavha ham topshirildi.

Mukofotni oilaga “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov tantanali tarzda topshirdi. 

“Xodimlarimiz va ularning oilalari mehnati shunday yuksak mukofotlar bilan e’tirof etilayotgani uchun hukumatimizga va Prezidentimizga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Ayniqsa, bugungi kunda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ota-onani hurmat qilish, avlodlar vorisligi va namunali oilalarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilayotgani muhim ahamiyatga ega. Ishonchim komilki, bu hali katta yutuqlarning boshlanishi, xolos”, – deya ta’kidladi Shuxrat Shavkatovich.

Kurganovlar oilasi uchun aviatsiya shunchaki kasb emas. Bu – avloddan avlodga o‘tib kelayotgan oilaviy an’ana. Zoidning otasi Sodiq Jo‘rayevich Tu-154 havo kemasi komandiri bo‘lgan, ukalari Rustam va Zohid esa bugun Boeing 787 Dreamliner havo kemasini komandir va ikkinchi uchuvchi sifatida boshqarib, oilaviy sulolani davom ettirmoqda.

“Ibratli oila” ko‘krak nishoni o‘z namunasi bilan atrofdagilarni ilhomlantiradigan, an’analarni qadrlab, asrab-avaylaydigan, barkamol avlodni tarbiyalaydigan hamda jamiyatda oilaning o‘rnini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan oilalar taqdirlanadi.

“Uzbekistan Airways”da mehnat sulolalarini va avlodlar vorisligini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi – bu qadriyatlar aviakompaniyaning korporativ madaniyatining muhim qismi bo‘lib qolmoqda.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?