Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Toshkent – Pekin – Toshkent aviaqatnovini amalga oshiradi

2023 9 Yanvar
220
Ulashing

2023-yilning 10-yanvar kuni Uzbekistan Airways uch yillik tanaffusdan so‘ng yana Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishida amalga oshiradi. Toshkentdan Xitoy poytaxtiga muntazam reyslar COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlanishi bilan vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Toshkent – Pekin ilk qatnovi barcha sanitariya-epidemiologiya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Uzbekistan Airways Toshkent va Pekin o‘rtasidagi muntazam reyslarni tiklash niyatida. Bu esa o‘z navbatida, yo‘lovchilar uchun katta imkoniyat va mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni bog‘lovchi vazifasini bajaradi.

Toshkent – Pekin – Toshkent aviaqatnovlari haftaning seshanba kunlari amalga oshiriladi. Uzbekistan Airways joriy yilning fevral oyidan aviaqatnovlarni haftada ikki marotaba bajarilishini rejalashtirgan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilar Pekinga borishlari uchun quyidagi talablarni eslatib o‘tadi:

  • viza (mehnat, ta’lim, sayohat va boshqalar);
  • Xitoyga borishdan 48 soat oldin COVID-19 testidan o‘tishi, test salbiy bo‘lishi kerak – bu Xitoyga kirishning yagona talabidir.

 

PDF-ni yuklab oling