Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Technics turk aviakompaniyasining havo kemasini qabul qildi

2023 2 Fevral
86
Ulashing

“Uzbekistan Airways Technics” MCHJ Boeing 757-300 samolyotini texnik xizmat ko‘rsatish uchun qabul qildi. Mazkur havolayneri Germaniyaning “Condor” aviakompaniyasi tomonidan ro’yxatga olingan bo‘lib Turkiyaning “Mavi Gök Aviation” (MGA) aviakompaniyasiga foydalanishga topshirilgan.

Ushbu havo kemasida umumiy ta‘mirlash (D-check) va bo‘yash ishlari olib boriladi.

D-check - bu havo kemalarga texnik xizmat ko‘rsatishning eng murakkab shakli. Ushbu tekshiruv 12 yilda bir marta amalga oshiriladi va 30-40 kun davom etadi. Mazkur jarayon davomida samolyotning barcha komponentlari va qismlari to‘liq tekshiriladi.

Bugungi kunda “Uzbekistan Airways Technics” MChJ Markaziy Osiyoning havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bozorida yetakchi o‘rinni egallagan. 98 yil davomida kompaniya mutaxassislarining katta tajribasi va chuqur bilimi tufayli o‘z xizmatlarini yuqori darajada ko‘rsatib kelmoqda.

PDF-ni yuklab oling