Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airways Technics mutaxassislari 2025-yil 25–26-noyabr sanalarida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan MRO Central Asia 5-xalqaro koʻrgazma va konferensiyasida faol ishtirok etishdi.

Konferensiya aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash (TXK va T) sohasiga bagʻishlangan boʻlib, Markaziy Osiyo, Yevrosiyo, Kaspiy mintaqasi hamda Kavkaz mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish uchun yirik platforma vazifasini oʻtadi.
UAT ishtiroki texnik markazimizning yuksak darajadagi malakasini namoyish qilish, TXK va T sohasida innovatsion yechimlarni joriy etish masalalarini muhokama qilish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatini yaratdi.

Bunday ahamiyatga molik tadbirning Toshkentda oʻtkazilishi va unda UATning ishtiroki Oʻzbekistonning aviatsiya xavfsizligi hamda texnik shaylik sohasidagi eng yuksak xalqaro standartlarga rioya qilishga intiluvchi mintaqaviy markaz sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqladi.
Barcha yangiliklar