Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” muntazam xalqaro qatnovlarni tiklamoqda

2020 3 Sentabr
11179
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashini mamnuniyat bilan e’lon qiladi:

Toshkent-Dubay-Toshkent - 4-sentyabrdan juma kunlari haftada 1 marta;

Toshkent-Frankfurt-Toshkent - 10-sentyabrdan payshanba kunlari haftasida 1 marta;

Toshkent-Olmaota-Toshkent - 11-sentyabrdan juma kunlari haftada 1 marta;

Toshkent-Bishkek-Toshkent - 14-sentyabrdan dushanba kunlari haftasida 1 marta;

Toshkent-Istanbul-Toshkent – 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30 sentyabr;

Yuqorida qayd etilgan mamlakatlardan "Uzbekistan Airways" AJ qatnovlari orqali O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar COVID-19 uchun PCR usuli bilan ingliz yoki rus tillarida topshirilgan sinovning manfiy natijalarini parvozdan kamida 72 soat oldin taqdim etishlari  kerak. (Sinovning manfiy natijasi bo‘lmagan taqdirda, yo‘lovchilarni parvoz uchun ro‘yxatdan o‘tkazish rad etiladi).

Agar Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiyadan muntazam qatnovlar bilan kelgan yo‘lovchilar COVID-19 uchun test natijalari manfiy bo‘lgan sertifikatga ega bo‘lsa, termometriyadan o‘tishlari va o‘zlarini 14 kun izolyatsiya qilish majburiyatini olgan holda anketa to‘ldirishlari kerak bo‘ladi:

 * O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - doimiy yashash joyida
 * Chet el fuqarolari uchun – O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish joyida.

Kelgandan so‘ng isitmasi yoki boshqa alomatlari bo‘lgan yo‘lovchilar “Toshkent” aeroportida ko‘rikdan o‘tkaziladi.  PCR testining ijobiy natijasi bo‘lgan yo‘lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.

Sizdan, agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yuqoridagi mamlakatlarga uchishni xohlasalar, boradigan mamlakatning sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlab olish va aviachipta sotib olishdan oldin, yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beradigan tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilish kerakligiga e’tibor qartishingizni iltimos qilamiz.

Siz ushbu qatnovlarga chiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, mobil ilova orqali, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi savdo agentlaridan sotib olishingiz mumkin.

Sizga maroqli va xavfsiz sayohat tilaymiz!

PDF-ni yuklab oling