Uzbekistan Airways vakillari Asialuxe Travel tomonidan tashkil etilgan Maldives Workshop Island Collection 2025’da ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirda 240 dan ortiq sayyohlik agentliklari vakillari, Maldiv orollaridagi yetakchi kurortlar va asosiy hamkorlar qatnashdi.
Workshop dasturi mavzuga oid taqdimotlar, b2b-muzokaralar va netvorking sessiyalarini o‘z ichiga oldi. Uzbekistan Airways charter dasturlarini rivojlantirish va sayyohlik hamjamiyati bilan hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.






Barcha yangiliklar