Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways mahalliy aviaqatnovlar sonini oshiradi

2021 13 Oktabr
100
Ulashing

Mahalliy aviatashuvlarni rivojlantirish va respublikamiz shaharlari o‘rtasida harakatlanish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Airways 2021-yil 15-oktyabrdan boshlab Yoz-2022 yakuniga qadar Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus shaharlariga parvozlarning qo‘shimcha chastotasini oshiradi.

Toshkent - Nukus - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchta qatnov qo‘shildi:

chorshanba va shanba kunlari

Toshkent - Nukus: 19: 00-20: 40 Nukus - Toshkent: 21: 20-22: 40

yakshanba kunlari

Toshkent - Nukus: 07: 15-08: 55 Nukus - Toshkent: 09: 35-10: 55

Toshkent - Nukus - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi:

• bagajsiz bir tomonga 408 681 so'mdan, bagaj bilan esa 506 513 so‘mdan boshlanadi,

• borish va ortga qaytish bagajsiz 778 301 so‘mdan, bagaj bilan 963 611 so‘mdan boshlanadi.

Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta aviaqatnov qo‘shildi:

dushanba va juma kunlari

Toshkent - Urganch: 19: 00-20: 30 Urganch - Toshkent: 21: 20-22: 30

Toshkent - Urganch - Toshkent yo'nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi:

• bagajsiz bir tomonga 407 681 so'mdan, bagaj bilan esa 506 653 so‘mdan boshlanadi;

• borish va ortga qaytish bagajsiz 803 009 so‘mdan, bagaj bilan 988 319 so‘mdan boshlanadi.

Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta aviaqatnov qo‘shildi:

payshanba kunlari

Toshkent - Buxoro: 20: 50-22: 00  Buxoro - Toshkent: 22: 40-23: 40

Juma kunlari

Toshkent - Buxoro: 14: 00-15: 10  Buxoro - Toshkent: 15: 50-16: 50

Toshkent - Buxoro - Toshkent yo'nalishi bo'yicha aviachiptalar narxi:

• bagajsiz bir tomonga 160602 so‘mdan, bagaj bilan 185310 so‘mdan boshlanadi,

• borish va ortga qaytish bagajsiz 308 850 so‘mdan, bagaj bilan 358 266 so‘mdan boshlanadi.

Toshkent - Termiz - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta aviaqatnov qo‘shildi

seshanba va juma kunlari

Toshkent - Termiz: 13: 30-14: 50 Termiz - Toshkent: 15: 30-16: 40

chorshanba va yakshanba kunlari

Toshkent - Termiz: 18: 00-19: 20 Termiz - Toshkent: 20: 00-21: 10

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan, shuningdek ko‘rsatilgan shaharlar aeroportlaridan xarid qilib olish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachiptani xarid qilib  olayotganda 3% chegirma taqdim etiladi.

Aviachiptalar narxi 12.10.2021-yil holatiga ko‘ra amal qiladi

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling