Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Londonga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda

2023 24 Fevral
314
Ulashing

2023-yilning 26-martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Londonga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi. Toshkent – London – Toshkent aviaqatnovlari haftasiga uch marta – seshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
 

Seshanba va juma kunlari HY201 Toshkent – London va HY202 London – Toshkent reyslari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

• Toshkentdan uchish mahalliy vaqt (Toshkent) bilan soat 11:10 da

• Londonga kelish mahalliy vaqt (London) bilan soat 14:50 da

• Londondan uchish mahalliy vaqt (London) bilan soat 16:20 da

• Toshkentga kelish mahalliy vaqt (Toshkent) bilan ertasi kuni soat 03:10 da

 

Yakshanba kunlari HY203 Toshkent – London va HY204 London – Toshkent reyslari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

• Toshkentdan uchish mahalliy vaqt (Toshkent) bilan soat 12:30 da

• Londonga kelish mahalliy vaqt (London) bilan soat 16:10 da

• Londondan uchish mahalliy vaqt (London) bilan soat 17:25 da

• Toshkentga kelish mahalliy vaqt (Toshkent) bilan ertasi kuni soat 04:15 da
 

Toshkent – London yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 3 227 000 so‘mdan, Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishida esa 7 452 000 so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalarning taqdim etilgan narxlari 2023-yil 24-fevral holatiga ko‘ra amal qiladi.
 

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

PDF-ni yuklab oling