Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurga parvozlarni tiklamoqda

2022 6 Oktabr
29
Ulashing

2022-yil 1-noyabrdan Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklamoqda. Ushbu shaharda siz zamonaviy megapolis muhitiga sho‘ng‘ishingiz yoki qadimiy o‘tmishga sayohat qilishingiz mumkin. Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent qatnovlari haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Seshanba kunlari:

Toshkentdan uchib ketish: 23:55 (Toshkent vaqti bilan) seshanba kuni.

Kuala-Lumpurga yetib borish: 10:30 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) chorshanba kuni.

Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 12:00 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) chorshanbakuni.

Toshkentga yetib borish: 17:00 (Toshkent vaqti bilan) chorshanba kuni.

Juma kunlari:

Toshkentdan uchib ketish: 23:00 (Toshkent vaqti bilan) juma kuni.

Kuala-Lumpurga yetib borish: 9:30 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) shanba kuni.

Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 11:00 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) shanba kuni.

Toshkentga yetib borish: 16:00 (Toshkent vaqti bilan) shanba kuni.

Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi chiptalar narxi 4 347 523 so‘mdan, Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 7 596 136 so‘mdan boshlanadi.

Narxlar 06.10.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” dagi barcha yangiliklardan xabardor bo‘ling

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling