Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Uzbekistan Airways keng fyuzelyajli samolyotlar parkini kengaytirmoqda: 14+8 ta Boeing 787-9 Dreamliner xaridi bo‘yicha shartnoma imzolandi

2025 23 Sentabr
Ulashing

Toshkent, 2025-yil 22-sentyabr. – O‘zbekiston Respublikasining milliy aviatashıuvchisi — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi, Boeing kompaniyasi bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish va yana 8 ta shu turdagi havo kemasini opsion sifatida olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv aviakompaniyaning parkni modernizatsiya qilish va uzoq masofali parvozlar salohiyatini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli dasturining bir qismi hisoblanadi. Samolyotlar yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi.

Keng fyuzelyajli samolyotlar parkini kengaytirish Uzbekistan Airwaysga asosiy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish imkoniyatlarini ko‘paytirish, reyslar jadvalini barqarorlashtirish hamda marshrutlar tarmog‘ini rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa Markaziy Osiyoni Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan bog‘laydi. Loyiha milliy rivojlanish dasturi — «O‘zbekiston–2030» maqsadlariga javob beradi va aviakompaniyaning strategik vazifasi — Toshkentni mintaqaning yetakchi xalqaro tranzit xabiga aylantirish maqsadiga xizmat qiladi. Shu orqali turizm, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik rivojiga keng yo‘l ochiladi.

Uzbekistan Airways o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Boeing 787 oilasi samolyotlarini muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilib kelmoqda. Birinchi 787-8 Dreamliner 2016-yilda flot tarkibiga kiritilib, uzoq masofali parvozlarda iqtisodiylik va yo‘lovchilar uchun qulaylikka asoslangan yangi bosqichni boshlab berdi. Bugungi kunda Dreamliner aviakompaniyaning qit’alar aro marshrutlar tarmog‘ining asosini tashkil etadi va O‘zbekistonni jahon bozorlari bilan bog‘laydigan muhim vosita hisoblanadi. Yangidan buyurtma qilingan 787-9 esa mavjud tajribani to‘ldirib, parvoz uzunligi va yo‘lovchi tashish imkoniyatlarini yanada kengaytirib beradi.

«Boeing 787 Dreamliner oilasi bizning qit’alar aro parvozlarimizning asosi sifatida o‘zini to‘liq oqladi. Yangi shartnoma imzolanishi bilan biz mamlakatimiz va Uzbekistan Airwaysning Markaziy Osiyoda yetakchi aviatashıuvchi sifatidagi nufuzini mustahkamlaymiz hamda yo‘lovchilarimizga yanada kengroq xalqaro bog‘lanishni taqdim etamiz. Bu qadam bizning barqaror rivojlanishga qaratilgan strategiyamizni va istiqbolli maqsadlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi», — dedi Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov.

«Biz Uzbekistan Airways bilan deyarli 30-yillik hamkorligimizni yuqori qadrlaymiz va ularning mintaqani dunyo bilan bog‘lashga qaratilgan o‘sish strategiyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, — dedi Boeing korporatsiyasining tijorat savdolari va marketing bo‘yicha katta vitse-prezidenti Bred MakMallen. — Yoqilg‘i tejamkorligi va ekspluatatsiyadagi moslashuvchanligi tufayli Boeing 787 Dreamliner Uzbekistan Airwaysga yangi bozorlarga chiqish va ko‘proq sayohatchilarni O‘zbekistonning boy madaniyati bilan tanishtirish imkonini beradi».

Nega aynan 787-9 Dreamliner

Boeing 787-9 zamonaviy aerodinamika, kompozit korpus va yangi avlod dvigatellari uyg‘unligi hisobidan yoqilg‘i tejamkorligi va SO₂ chiqindilarini kamaytirish imkonini beradi.

Dreamliner yo‘lovchilar uchun qulaylikda etalon hisoblanadi: pastaytirilgan «kabina balandligi», havodagi harorat va namlikning moslashuvi uzoq parvozlarni yengilroq o‘tkazishga yordam beradi. Illyuminatorlar qoraytirilgaini  kenglik hissini uyg‘otadi, salonning tinch muhiti va adaptiv LED yoritgichi esa yo‘lovchilarning holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yo‘lovchilarga zamonaviy ko‘ngilochar tizim hamda parvoz vaqtida turli patformalarga  ulanish imkoniyatlari taqdim etiladi.

Boeing 787-9 o‘xshash ekspluatatsiya samaradorligi bilan ko‘proq yo‘lovchi o‘rnini taklif etadi, bu esa uzoq masofali yo‘nalishlarda talabni qondirish, yangi shaharlarni ochish va mavjud yo‘nalishlarda parvozlar sonini ko‘paytirish imkonini beradi. Toshkent aeroportining tranzit modeli uchun bu muhim raqobatbardosh ustunlik hisoblanadi.

O‘sish yo‘nalishi

Dreamliner samolyotlariga bo‘lgan yangi buyurtma Uzbekistan Airwaysning uzoq masofali yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish va mashhur yo‘nalishlardagi mavqeini mustahkamlash rejalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Aviakompaniya Toshkent orqali qulay tranzit bog‘lanishlarni shakllantirishda davom etadi, transfer yo‘lovchilari uchun imkoniyatlarni kengaytiradi hamda pik mavsumlarda quvvatlarni samarali taqsimlashni ta’minlaydi.

- - -

Uzbekistan Airways haqida

Uzbekistan Airways - O‘zbekiston Respublikasining milliy aviakompaniyasi va Markaziy Osiyodagi aviatsiya sohasining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Aviatashuvchi 95 dan ortiq xalqaro va ichki yo‘nalishlarda muntazam parvozlarni amalga oshirib, mamlakatning Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Amerikaning asosiy markazlari bilan bog‘lanishini ta’minlamoqda. Uzbekistan Airways - uzoq masofali Boeing 787 Dreamliner havo kemalarini ekspluatatsiya qiluvchi va transkontinental parvozlarni amalga oshiruvchi Markaziy Osiyodagi yagona aviakompaniyadir.

Boeing haqida

Boeing – dunyodagi yetakchi aerokosmik kompaniya va AQShning eng yirik eksportchisi bo‘lib, 150 dan ortiq mamlakatdagi mijozlar uchun tijorat havo kemalari, mudofaa mahsulotlari va kosmik tizimlarni ishlab chiqaradi, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi va ularga xizmat ko‘rsatadi. Butun dunyo bo‘ylab Boeing jamoasi, shuningdek, keng yetkazib beruvchilar tarmog‘i innovatsiyalarni rivojlantirish, iqtisodiy imkoniyatlar yaratish, barqaror rivojlanish va ijtimoiy hissa qo‘shishga ko‘maklashadi. Boeing asosiy qadriyatlar - xavfsizlik, sifat va halollikka asoslangan korporativ madaniyatni shakllantirishga sodiqdir. 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?