Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Indoneziyaga aviaqatnovlarni tiklamoqda

2023 20 Mart
516
Ulashing

Uzbekistan Airways joriy bahor-yoz mavsumida ham parvozlar geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda, uch yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent – Jakarta – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni tiklamoqda. Toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam aviaqatnovlar 2023-yilning 26-aprelidan boshlab haftada bir marta, chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, Jakartadan Indoneziyaning Bali oroliga qulay tutashuv reyslari mavjud. 

Aviaqatnovlar zamonaviy hamda qulay Dreamliner 787 havo kemasida amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling

PDF-ni yuklab oling