Uzbekistan Airways havo kemalari parkini yangilash va kengaytirish dasturini amalga oshirishni davom ettirmoqda. Ushbu strategiya doirasida aviakompaniya Xitoyning ICBC Aviation Leasing lizing kompaniyasi bilan ikkita yangi Airbus A321neo havo kemasini lizing asosida yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuv (letter of intent, LOI) imzoladi.
Avialaynerlarni ikki klassli komponovkada yetkazib berish 2027-2028 yillarga mo‘ljallangan. Bu aviakompaniya ICBC Aviation Leasing bilan hamkorlik doirasida oladigan birinchi havo kemalari bo‘lib, bu hamkorlikning yangi yo‘nalishini ochadi va Uzbekistan Airways’ning aviatsiya lizingi bozoridagi xalqaro ishtirokini mustahkamlaydi.

Yangi Airbus A321neo zamonaviy Airspace Premium salonlari, zamonaviy ko‘ngilochar tizim va parvoz paytida internetga ulanish imkoniyati bilan jihozlanadi. Ushbu yechimlar yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulaylik va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlab, qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Havo kemalarning foydalanishga topshirilishi Airbus A321neo Uzbekistan Airways parkini 2028-yilga kelib 15 taga yetkazish imkonini beradi, bu esa flotni modernizatsiya qilish va aviatashuvlar samaradorligini oshirish strategiyasini amalga oshirishda navbatdagi qadam bo‘ladi.
ICBC Aviation Leasing bilan hamkorlik Uzbekistan Airways’ning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy va tejamkor avialaynerlar bilan flotni kengaytirish, shuningdek, yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz sayohat qilish uchun yangi imkoniyatlarni taklif etish istagini ta’kidlaydi.
Barcha yangiliklar