Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways Express qanday xizmat turlarini ko‘rsatadi?

2021 23 Sentabr
11671
Ulashing

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Express – bu Moskva, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Mineralniye Vodi, Novosibirsk, Qozon, Sochi, Ekaterinburg, Oqtov va Oqto‘ba shaharlarga sayohat qilishning maqbul usuli. Uzbekistan Airways Express aviaqatnovlarida ko‘rsatiladigan xizmatlar soni qisqartirilganligi sabab aviachiptalar narxi 20% gacha arzonlashgan.

Yuk tashish me‘yorlari*:

• Kattalar uchun – 15 kg dan oshmasligi kerak (158 sm);

• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 5 kg dan oshmasligi kerak (115 sm),

• Qo‘l yuki – 5 kg (115 sm).

Bortda taomlanish:

• 2 soatgacha bo‘lgan parvozlarda – individual paketdagi suv;

• 2 soatdan ortiq parvozda – tovuq kotletli sendvich, salat bargi, sabzavotlar yoki qaynatilgan dudlangan tovuqli sendvich, salat bargi, sabzavotlar.

Joy tanlash xizmati:

• Parvozdan 48 soat kam bo‘lmagan muddatda taqdim etiladi.

Media tizim:

• Quloqchinlar taqdim etiladi.

Aviachptani qaytarish:

Qayta bron qilish / qayta rasmiylashtirish / aviachiptani qaytarish holatlarida tarif qoidalariga muvofiq belgilangan yig‘im undiriladi.

Boshqa qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilmaydi.

Uzbekistan Airways Express aviaqatnovlari jadvali bilan https://www.uzairways.com/ru/uzbekistan-express sahifasi yoki aloqa-markaziga qo’ng’iroq qilish orqali tanishishingiz mumkin +998 78 140 02 00 (kecha-kunduz).

Uzbekistan Airways Express aviachiptalarini www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib oling.

*Yuk tashish me’yori aviachipta tarifiga ko’ra amalga oshiriladi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling