Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Dehliga parvozlar sonini oshirmoqda

2021 17 Dekabr
133
Ulashing

Yoʻlovchilarning yuqori talab va istaklaridan kelib chiqqan holda 2021-yilning 24-dekabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Dehliga va ortga parvozlarning ikkinchi chastotasini joriy qiladi.

Endilikda, Toshkent – ​​Dehli – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga 2 marotaba – seshanba va juma kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

• HY 421 Toshkent – Dehli (Toshkent vaqti bilan): jo'nab ketish 02.15, manzilga yetib borish 05.45;

• HY 422 Dehli – Toshkent (Dehli vaqti bilan): jo‘nab ketish 08.15, Toshkentga yetib kelish 10.45;

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir tomonga aviachiptalar narxi 2 mln 282 850 so‘m (bagajsiz) va 2 mln 612 459 so'm (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo'yicha aviachiptalar 3 mln 922 586  so'm (bagajsiz) va 4 mln 435 311  so'm (bagaj bilan birga).

Narxlar 17.12.2021 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi.

Telegram: t.me/uzbekistanairways

PDF-ni yuklab oling