Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi BAA va Turkiyaga parvozlar uchun bahorgi chegirmalar taqdim etadi

2023 29 Mart
4064
Ulashing

O‘zbekistondan BAAga baxorgi parvozlar narxlarining pasayishi

2023-yil 30-martdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent va Farg‘onadan Dubay va Sharja yo‘nalishlaridagi reyslarda narxlar pasayganini ma’lum qiladi! Shunday qilib, Toshkent – Dubay – Toshkent aviachipta narxi 2 427 000 so‘mdan, Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona reyslarida aviachipta narxi 2 451 000 so‘mdan, Toshkent – Sharja – Toshkent reyslarida esa aviachipta narxi 2 304 000 so‘mdan boshlanadi!

Uzbekistan Airways bilan Dubay va Sharjaga qulay narxlarda tashrif buyurish uchun ajoyib imkoniyatni boy bermang!

 

O‘zbekiston shaharlaridan Turkiyaga amalga oshiriladigan parvozlar uchun bahorgi chegirma

2023-yil 30-martdan 14-maygacha Uzbekistan Airways O‘zbekiston shaharlaridan Istanbul yo‘nalishidagi barcha qatnovlarga maxsus chegirmalar joriy etadi! Belgilangan muddatda aviachipta sotib olayotganda, aviakompaniya iqtisodiy toifadagi yo‘lovchilar uchun tarifdan 20% va biznes-klassdagi yo‘lovchilar uchun tarifdan 40% chegirma taqdim etadi. Chegirmalar belgilangan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganchdan Istanbulga bo‘lgan barcha reyslarga amal qiladi.

Chegirma shartlari:

  1. Sotish muddati 14.05.2023 gacha (faqat shu muddatda);
  2. Uchib ketish davri 14.05.2023 gacha (faqat shu muddatda);
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori: ekonom klass tariflari uchun 20%, biznes klass tariflari uchun esa 40%;
  4. Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  5. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keying kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
  6. 14.05.2023 dan boshlab aviareyslarda toʻliq foydalanilmagan, chegirma bilan chiqarilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qoʻllanilmagan holda toʻliq tarif darajasiga qoʻshish zarur;
  7. 30.03.2023 dan 14.05.2023 gacha bo‘lgan davrda ilgari berilgan aviachiptalar aviaqatnovlar uchun qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma tarifga qo‘llanilmaydi;
  8. 2023-yil 14-maydan boshlab chegirma bilan chiqarilgan qisman foydalanilgan aviachiptalar reyslarga qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma aksiya muddatiga to‘g‘ri kelmagan 2-segmentga nisbatan qo‘llanilmaydi;
  9. Chegirma faqat aksiya muddatiga to‘g‘ri keladigan sayt uchun amal qiladi;
  10. Aviakompaniya veb-saytida, Uzbekistan airways Sales savdo filialida va uning agentlarida yo‘lovchilarning fuqaroligidan qat’i nazar, faqat aviakompaniya reyslarida chegirma bilan sotishga ruxsat beriladi.
  11. Chegirma O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulga uchuvchi aviaqatnovlar bo‘yicha e’lon qilingan barcha individual ekonom va biznes-klass tariflariga, borish va qaytish uchun ruxsat etiladi.

Ajoyib taklifni boy bermang – Uzbekistan Airways bilan Istanbulga chegirmali narxlarda sayohat qiling.

PDF-ni yuklab oling