Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

“Uzbekistan Airways” AJ kuz-qish mavsumiga o‘tadi

2022 25 Oktabr
147
Ulashing

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati 2022-yil 30-oktabrdan boshlab aviakompaniya qishki jadvalga o‘tayotganini ma’lum qiladi. Mavsumga o‘tish, shuningdek, dunyoning bir qator mamlakatlarida mahalliy vaqtni qishga o‘tkazilishini anglatadi. Shu munosabat bilan parvozlar yangi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Kelayotgan qishda Uzbekistan Airways marshrut tarmog‘idagi parvozlarning aksariyati O‘zbekiston poytaxti – Toshkentdan amalga oshiriladi. Toshkent aeroportidan parvozlarning keng xaritasi aviakompaniyaning yaxshi an’analariga aylanib ulgurgan.

Toshkent shahridan Dubayga (haftasiga 7 marta), Istanbulga O‘zbekiston poytaxtidan (haftasiga 16 marta), Samarqanddan (haftasiga 4 marta), Farg‘onadan (3 ta), Buxoro va Urganchdan – haftasiga 2 marotaba muntazam amalga oshiriladi. Talab eng yuqori bo‘lgan Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi qatnovlar soni haftasiga 30 tagacha ko‘paytirildi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways Express aviaqatnovlari bilan O‘zbekistonning deyarli barcha shaharlaridan Rossiyaning 11 shahriga: Moskva, Samara, Perm, Omsk, Krasnoyarsk, Sochi, Yekaterinburg, Ufa, Qozon, Mineralniye vodi, Irkutskka parvoz qilish imkoniyati mavjud.

Olmaota, Dushanbe, Bishkekka parvozlar ham muntazam ravishda amalga oshiriladi. Toshkent – Seul parvozlariga ham talab kam emas, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qishki jadvalga haftasiga 7 ta qatnov kiritilgan. Bundan tashqari, parvozlar Londonga (haftasiga 2 marta), Frankfurtga (haftasiga 3 marta), Rigaga (haftasiga 2 marta) va eng uzoq parvoz – Nyu-Yorkka haftasiga uch marotaba amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways qish mavsumining birinchi kunidan boshlab – 30-oktabrdan Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlarni boshlaydi va 31-oktabrdan Toshkentdan Sharjaga parvozlar haftasiga uch marta oshiriladi.

Eng uzoq kutilgan Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishi ham 1-noyabrdan boshlanadi. Aviakompaniya, shuningdek, qish mavsumidan Tailandga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Uzbekistan Airways Samarqand, Xorazm viloyatini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydigan respublika ichidagi qatnovlarni ko‘paytirish niyatida. 

 

PDF-ni yuklab oling