Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Tug‘ilgan kun bizniki, sovg‘alar esa sizniki

2026 27 Yanvar
Ulashing

Faqatgina 2026-yil 28-yanvar kuni aviakompaniya tashkil topgan kun munosabati bilan HY qatnov operatori bo‘lgan aviakompaniyaning barcha muntazam qatnovlarida (shu jumladan respublika ichidagi) e’lon qilingan iqtisodiy va biznes-klass xizmatlarining individual tariflariga 30% gacha chegirma taqdim etiladi;

1. Aksiyani o‘tkazish davri – 2026-yil 28-yanvar;

2. Tashish davri – cheklanmagan (tashishning amal qilish muddati qo‘llaniladigan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan jadvalga muvofiq rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);

3. Chegirma HY qatnov operatori bo‘lgan Uzbekistan Airways AJning o‘z qatnovlariga qo‘llaniladi. "Uzbekistan Helicopters" MCHJ (HY1001-1100) va "Silk Avia" aviaqatnovlariga tatbiq etilmaydi;

4. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:

• kattalar uchun – tarifning 30 foizigacha;

2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va salonda joy egallagan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun - bolalar chegirmasi qo‘llanilgan holda e’lon qilingan tarifning 30%i miqdorida;

• 2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma tatbiq etilmaydi;

5. Qaytarish/qayta bronlash/qayta rasmiylashtirishda tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun – belgilangan tartibda (25% chegirma qo‘llanilgan holda) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun bayram chegirmasi qo‘llanilmagan holda foydalanilgan aviaqatnov qismidagi tarif chegirib tashlanadi;

6. Bayram chegirmasi qo‘llanilgan holda to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda tarifning to‘liq darajasiga qo‘shish zarur. Yo‘lovchining ismi, familiyasi va pasport ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish texnologiyasi doirasida aviachiptalarni qayta rasmiylashtirishda, shuningdek, to‘plangan ballar uchun xizmat ko‘rsatish sinfini Z gacha oshirish bundan mustasno. Shu bilan birga, xalqaro yo‘nalishlarda aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish/qayta bron qilishda tarifning 15% miqdoridagi chegirmadan foydalanishga ruxsat beriladi (2026-yil 12-yanvardagi 6.6.3432-son ma’lumotnomaga muvofiq) faqat 29.01.2026-yildan 13.03.2026-yilgacha bo‘lgan davrda 29.01.2026-yildan 28.03.2026-yilgacha bo‘lgan aviaqatnovlarga qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda;

7. Ilgari sotib olingan aviachiptalar 2026-yil 28-yanvarda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, tarifga 30% gacha chegirma qo‘llanilmaydi. Dastlabki aviachipta yozilgan aksiya shartlari qo‘llaniladi;

8. Chegirma qo‘llanilgan holda qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta rasmiylashtirilgan sanada amalga oshiriladi (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda); Qayta rasmiylashtirish/qaytarish qo‘lda amalga oshiriladi.

9. Chegirma ekonom va biznes-klass xizmatlarining barcha e’lon qilingan individual tariflari uchun, shuningdek, ekonom va biznes-klass tariflari uchun faqat aviakompaniyaning o‘z muntazam qatnovlarida, shu jumladan, past budjetli qatnovlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashish uchun ruxsat etiladi. Chegirma bilan aviakompaniya veb-saytida (UZS/USD/RUB uchun), O‘zbekiston Respublikasi hududida ("Uzbekistan airways sales" filiali va uning agentlari), shuningdek, xorijda faqat o‘z savdo tarmog‘i uchun (HY bilan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlik shartnomalari bo‘yicha ishlaydigan agentlar, 25021...) sotishga ruxsat beriladi.  BSP/ARC/TKP agentlariga tatbiq etilmaydi.

10. CodeShare reyslarida va tijorat shartnomalari (SPA) doirasida e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi;

11. Chegirma Uzbekistan Helicopters va SilkAvia aviaqatnovlariga tatbiq etilmaydi. Chegirma qat’iy joylarni taqdim etish shartnomalari doirasida, guruhli bron qilish uchun, shuningdek, A3PAX/A4PAX tariflari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan aviachiptalarga tatbiq etilmaydi;

12. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi, bolalarnikidan tashqari;

13. Yuqorida ko‘rsatilgan chegirma qo‘llanilgan aviachiptalar bo‘yicha vositachilik haqi belgilangan tartibda nazarda tutilgan;

14. 28.01.2026-yildan boshlab Toshkent – Milan – Toshkent, Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishlarida 13.03.2026-yilgacha amalda bo‘lgan 25% chegirma o‘rniga 30% gacha chegirmani qo‘llashga ruxsat berilsin;

15. Xalqaro yo‘nalishlarda ekonom-klass tariflaridan 15% gacha miqdoridagi amaldagi chegirma (2026-yil 12-yanvardagi 6.6.3432-son ma’lumotnoma) 28.01.2026-yilda amal qilmaydi va 29.01.2026-yildan o‘z kuchini tiklaydi.

Eslatma: Yo‘lovchi tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda chegirma qo‘llanilmaydigan soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar qo‘shiladi.

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?