Tailandga sayohat qilishni rejalashtiryapsizmi? Mamlakatga qulay kirish uchun foydali ma'lumotlar
Tailand an'anaviy ravishda ta'til uchun eng mashhur va sevimli yo'nalishlardan biri bo'lib qolmoqda. Sayohatingiz faqatgina yoqimli taassurotlar bilan boshlanishi hamda pasport nazoratidan tez va moneliksiz o'tishingiz uchun Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Qirollikka kirishning asosiy qoidalarini eslatib o'tadi.
Tailand immigratsiya xizmati talablariga muvofiq, parvozdan oldin yo'lovchilar quyidagi hujjatlar va mablag'lar mavjudligiga ishonch hosil qilishlari zarur:
1. Qaytish aviachiptasi yoki uchinchi mamlakatga chipta. Immigratsiya xizmatlari band qilingan chiptaning haqiqiyligini tekshirishi mumkin, shu sababli marshrut kvitansiyasini oldindan tayyorlab qo'yishni tavsiya qilamiz.
2. Yashash joyi tasdig'i. Sizda dam olishingizning butun davri uchun mehmonxona yoki boshqa yashash joyining tasdiqlangan va oldindan to'langan bandi bo'lishi kerak.
3. Moliyaviy ta'minot. Mamlakatda bo'lish uchun bir kishi hisobiga 600 AQSh dollari yoki bir oila uchun 1200 AQSh dollari miqdorida mablag'ga ega bo'lish talab etiladi.
4. Viza rasmiylashtirish uchun hujjatlar. Agar sizga manzilga yetib borganda olinadigan viza (Visa on Arrival) kerak bo'lsa, iltimos, kerakli hujjatlar to'plamini oldindan tayyorlang, shuningdek, viza yig'imini to'lash uchun yetarli mablag' mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilish ta'tilingiz xotirjam boshlanishini kafolatlaydi va chegarada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ushlanib qolishlarning oldini olishga yordam beradi.
Aviakompaniyamizni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sizga qulay parvoz va Tailanddagi ta'tildan unutilmas taassurotlar tilaymiz!
Barcha yangiliklar