Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Tailandga parvoz qilayotgan yo‘lovchilar uchun muhim xabar

2026 2 Sentabr
Ulashing

2026-yil 15-sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Tailand Qirolligiga kirish qoidalari o‘zgaradi.

2026-yil 14-sentyabr (shu kun ham kiradi) sanasigacha 60 kunlik vizasiz rejim amal qiladi.

2026-yil 15-sentyabrdan mamlakatga vizasiz kirish qoidasi, shuningdek, yetib kelgach viza olish (Visa on Arrival) imkoniyati bekor qilinadi.

Endilikda O‘zbekiston fuqarolari Tailandga sayyoh sifatida kirish uchun vizani oldindan rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.

 

HY531 aviaqatnovi yo‘lovchilari diqqatiga: Toshkentdan uchish 14-sentyabr kuni amalga oshiriladi, ammo Bangkokka yetib borish 15-sentyabrga rejalashtirilgan – shu bois ushbu aviaqatnov yo‘lovchilari yangi viza talablariga duch keladi.

 

Vizaga arizani parvozdan oldin, jumladan, thaievisa.go.th rasmiy tizimi orqali topshirish mumkin. E’tibor bering, saytda yig‘imlarni onlayn to‘lash ko‘zda tutilmagan. To‘lov Tailand Qirolligining eng yaqin konsulligida AQSH dollarida (USD) amalga oshiriladi.

 

Aviaqatnovga ro‘yxatdan o‘tish yoki mamlakatga kirish rad etilishining oldini olish uchun sayohatlarni rejalashtirish va aviachiptalarni xarid qilishda ushbu o‘zgarishlarni albatta inobatga olishingizni so‘raymiz. Uzbekistan Airways bilan maroqli parvozlar tilaymiz!

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?