Uzbekistan Airways vakillari, jumladan, aviakompaniya rahbariyati ham keng ko‘lamli hasharga qo‘shildi. Tadbir Toshkent viloyati Ohangaron tumanining "Ozodlik" mahallasida bo‘lib o‘tdi.



Hashar doirasida aviakompaniya xodimlari Transport vazirligi va boshqa quyi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda daraxtlar ekib, hududni obodonlashtirish va uning ekologik holatini yaxshilashga hissa qo‘shdilar.


Uzbekistan Airways’ning ushbu tashabbuslarda ishtiroki aviakompaniyaning ekologiyaga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish, ekologik madaniyatni rivojlantirish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.
Barcha yangiliklar