Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Rossiya shaharlariga sayohat qiluvchi yo‘lovchilar diqqatiga!

2025 27 Iyun
Ulashing

2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiyaga vizasiz rejimda borayotgan chet el fuqarolari uchun App Store, Google Play va App Gallery’da yuklab olish mumkin bo‘lgan "RuID " mobil ilovasi orqali oldindan onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati joriy etiladi.

Arizani Rossiyaga kirishdan kamida 72 soat oldin topshirish kerak. Uning natijalariga ko‘ra, siz chegarani kesib o‘tishda taqdim etiladigan QR-kodga ega bo‘lasiz. Favqulodda holatlarda (yaqin qarindoshi kasal bo‘lganda yoki vafot etganda) kelishdan kamida 4 soat oldin ariza topshirish mumkin. 

Bunday holatlar albatta – tibbiy ma’lumotnomalar, guvohnomalar va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

• ilovada shaxsiy kabinet yaratish;

• fotosuratlar va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash;

• taxminiy sanalarini ko‘rsatish talab qilinadi.

6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ota-ona yoki vasiy ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Ro‘yxatdan o‘tishdan faqat quyidagilar ozod qilinadi: Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, viza egalari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida yashash guvohnomasi yoki vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma egalari.

Shu bilan birga, RuID tizimida ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, tajriba loyihasi doirasida amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim. QR-kodning yo‘qligi mamlakatga kirishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi va chegara nazoratidan o‘tishga ta’sir qilmaydi. Biroq RuID orqali ariza to‘ldirishda chet el fuqarolariga bir qator imtiyozlar beriladi:

• kirish cheklovlarini oldindan tekshirish imkoniyati;

• Shaxsiy hisob raqamining sug‘urta raqamini (СНИЛС) avtomatik rasmiylashtirish;

• Rossiya Federatsiyasining davlat xizmatlaridan foydalanish uchun raqamli profil yaratish.

Sayohatingiz yanada qulay va maroqli bo‘lishi uchun so‘nggi ma’lumotlarni kuzatib boring va safarlarga oldindan tayyorlaning. 

PDF-ni yuklab oling
AI Assistant
Yordam kerakmi?