Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulga chegirma

2023 31 May
322
Ulashing

UEFA Chempionlar Ligasi-2022/23 mavsumining finaliga bir necha kun qoldi. O‘zbekistonlik muxlislar ushbu voqeani intiqlik bilan kutishmoqda! 2023-yil 10-iyun kuni Istanbul shahridagi Otaturk stadionida bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida “Inter” va “Manchester Siti” klublari uchrashadi.

Yirik futbol bayrami munosanbati bilan Uzbekistan Airways O‘zbekistondan Istanbulga amalga oshiriladigan barcha qatnovlarning aviachiptalar tarifiga 25% chegirma taqdim etadi!

Muhim: Chegirmalar faqat O‘zbekiston shaharlaridan Istanbulga (bir tomonlama yoki ikki tomonlama) taqdim etiladi. Agar aviaqatnov boshlanishi Istanbuldan O‘zbekistonga bo‘lsa chegirma qo‘llanilmaydi.

Chegirmadan foydalanishning shartlari:

  1. Aviachiptalar sotuvi muddati 2023-yil 31-maydan 2023-yil 14-iyun 23:59 gacha;
  2. Amal qiladigan sana: 2023 yil 7-iyundan 2023-yil 14-iyungacha (chegirma 14-iyun kuni amalga oshiriladigan qatnovlarga ham amal qiladi)
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 25%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda chegirma miqdori kattalar tarifining – 25 foizini tashkil qiladi);
  • Chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. 2023 yil 7-iyundan 2023-yil 14-iyungacha amalga oshiriladigan reyslarga sotib olingan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilsa yoki qayta bron qilinsa, tarifga chegirma qo‘llanilmaydi;
  3. 2023-yil 15-iyundan boshlab qisman foydalanilgan aviachiptalar chegirmadan foydalangan holda qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, aksiya davomida amalga oshiriladigan qatnovlarda 2-segmentga chegirma qo‘llanilmaydi;
  4. Chegirma faqat aksiya davriga to‘g‘ri keladigan aviaqatnovlar uchun qo‘llaniladi;
  5. Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlarida, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda fuqaroligidan qat’iy nazar xarid qilish mumkin. Chegirma CODE SHARE reyslari uchun qo‘llanilmaydi;  
  6. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.

Aksiyasi doirasida aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, UzAirways ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

PDF-ni yuklab oling