O‘zbekiston tarixida birinchi marta aviatsiya mutaxassislari mustaqil Yevropa baholash natijalariga ko‘ra ICAO 6 (Expert) darajasini tasdiqladilar.
“Uzbekistan Airways” AJ xodimlari ICAO / EASA tartib-qoidalariga muvofiq kasbiy ingliz tili darajasini mustaqil Yevropa baholashdan muvaffaqiyatli o‘tdilar va ICAO shkalasi bo‘yicha ICAO 6 (Expert) darajasini oldilar.
Reyterchilar jamoasi:
“Uzbekistan Airways” AJning amaldagi uchuvchilari:
Bo‘ribayev R.S. – Boeing 787 havo kemasi komandiri;
Is’hoqov R. R. – Airbus A320 havo kemasi komandiri
O‘quv-mashg‘ulot markazining reyter-tilshunoslari:
Abdullayeva I.A., Saidova Sh.R., Savchenko L.V.
Ushbu voqea O‘zbekiston Respublikasi tarixida birinchi marta milliy aviatsiya mutaxassislari xalqaro mustaqil baholash tizimida aviatsiya ingliz tilini bilishning ekspert darajasini tasdiqlash holati bo‘ldi.
ICAO 6 (Expert) darajasining berilishi yuqori darajadagi til savodxonligi, standart, nostandart va favqulodda vaziyatlarda radiotelefon va professional muloqotni samarali va aniq amalga oshirish qobiliyati, shuningdek, aviatsiya xavfsizligi sohasidagi eng qat’iy xalqaro talablarga to‘liq javob berishdan dalolat beradi.
Ushbu yutuq parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish, O‘zbekiston aviatsiyasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, ICAO va EASA talablariga muvofiq aviatsiya xodimlarini tilga tayyorlash va sinovdan o‘tkazish milliy tizimini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi.
Mustaqil baholash natijalari Uzbekistan Airways uchuvchi-reyterlari va tilshunoslarining yuqori professionalligini, shuningdek, aviatsiya ingliz tili sohasida xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar samaradorligini tasdiqladi.
Barcha yangiliklar