Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Navro‘z bayrami munosabati bilan Uzbekistan Airways’dan chegirmalar

2024 1 Mart
3308
Ulashing

     Uzbekistan Airways 2024-yilning 21-martidan 24-martigacha barcha mahalliy aviaqatnovlar tariflariga 30% chegirma e’lon qiladi. O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling va bayram kunlarini yaqinlaringiz bilan o‘tkazing.

Aviachiptalarni www.uzairways.com veb-saytida, mobil ilova orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

Aksiyasining batafsil shartlari:

  1. Sotish davri – 03.01.2024. - 24.03.2024;
  2. Tashuv muddati - 21.03.2024. - 24.03.2024.
  3. Taqdim etiladigan chegirma miqdori:
  • kattalar uchun tarifdan – 30%;
  • 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda – 30% (bu holda, uni to‘g‘ri hisoblash uchun e’lon qilingan chegirma miqdori kattalar uchun tarifning 48% ni tashkil qiladi);
  • chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi;
  1. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi;
  2. 2024-yil 21-martdan 24-martgacha parvozlar uchun ilgari berilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirma tarifga qo‘llanilmaydi;
  3. Chegirma bilan qisman foydalanilgan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, qayta hisob-kitob aviachipta chiqarilgan sanada (ya’ni chegirma qo‘llanilgan holda) amalga oshiriladi;
  4. Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni e’lon qilingan berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);
  5. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi, bolalarnikidan tashqari;
  6. Chegirma e’lon qilingan barcha mahalliy aviaqatnovlarning individual ekonom va biznes-klass tariflari uchun amal qiladi.

Chegirmali aviachiptalarni rasmiy saytda, aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

 

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega. Uning aviaparkida Boeing 767/787, Airbus A320ceo/320neo/321neo/A330, L-410, ATR-72 kabi havo kemalar mavjud.

Yo‘nalishlar tarmog‘i va havo kemalar parkini doimiy ravishda kengaytirmoqda hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilaydi. Parvoz xavfsizligi esa aviakompaniya uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Uzbekistan Airways muntazam, charter va yuk tashuvchi aviqatnovlarini hamda Uzbekistan Airways Express loukoster tizimi bo‘yicha ham parvozlarni amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways tarkibiga “Uzbekistan Helicopters” MChJ, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ, “Catering” MChJ, “O‘quv-mashq markazi” MChJ kabi kompaniyalar ham kiradi.

 

 

PDF-ni yuklab oling