Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami
Interfeys o‘lchami

Ovoz berishni yoqish

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Belgilar oralig‘i
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Satr oralig‘i

Korrupsiyaga qarshi kurashda muhim qadam

2023 25 May
Ulashing

Ayni paytda mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni yuzaga keltiruvchi sabab hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, unga muvofiq barcha davlat organlari va tashkilotlari korrupsiya ko‘rinishlarining sabablari va shartlarini aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi mexanizm yaratilgan.

O‘z navbatida, mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat bo‘limi – Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens xizmati tashkil etilgan bo‘lib, unga korrupsiyani barvaqt aniqlash va oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; ularning sabab va sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Bugungi kunga qadar aviakompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari vakillari va xususiy sektordagi hamkorlar bilan birgalikda xalqaro standartlarga javob beradigan korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini barpo etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kontragentlarni tekshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini rasmiy veb-saytga joylashtirish kabi tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, aviakompaniyaning rasmiy veb-sayti va ochiq ma’lumotlar portalida ochiq informatsiyalar sifatida joylashtiriladigan ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi. 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ular bilan samarali aloqa o‘rnatish bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens xizmatining “Ishonch telefoni” ishga tushirildi.

Shu nuqtai nazardan, yuqoridagi chora-tadbirlar tashkilotda korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimini shakllantirishning xalqaro modeli bo'lgan ISO 37001:2016 xalqaro standartining tarkibiy elementlari ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Shu tariqa, mazkur standart talablarini amalga oshirish doirasida joriy yilning 24-26-may kunlari aviakompaniya tomonidan seminar bo‘lib o‘tmoqda, unda mazkur yo‘nalishdagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Uch kunlik trening doirasida aviakompaniya mas’ul xodimlari korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’lumotlar bilan tanishadilar.

Xalqaro standartning joriy etilishi, birinchi navbatda, korrupsion poraxo'rlikni kamaytirishga yordam beradi, ushbu salbiy hodisaga qarshi kurashning doimiy rivojlanishini ta'minlaydi, tashkilotni ishbilarmonlik obro'siga putur etkazishdan himoya qiladi, tashkilotga bo'lgan ishonchni oshiradi, manfaatlar to'qnashuvining oldini oladi hamda poraxo'rlikka qarshi kurashish madaniyatini rivojlantiradi. Bu yangi sarmoyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratmoqda.

Bundan tashqari, seminarda korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish, korrupsiya xulq-atvoriga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda huquqiy ta’limning o‘rni kabi masalalar muhokama qilinadi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan xalqaro standartning joriy etilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, korrupsion risklarni minimallashtirish va shunga mos ravishda kompaniyaning xalqaro miqyosda tan olinishi va xorijiy hamkorlar o‘rtasida nufuzini oshirishga xizmat qiladigan yana bir muhim qadamdir.

PDF-ni yuklab oling