Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Ichki reyslarga yangi yil chegirmalari!

2020 24 Dekabr
2239
Ulashing

Hurmatli yo‘lovchilar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi "2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-6122-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, "Uzbekistan Airways" AJ boshqaruvi tomonidan respublika aholisi uchun 2021-yil 1-dan 3-yanvargacha bo‘lgan Yangi yil bayramini nishonlash davrida aviakompaniyaning barcha mahalliy qatnovlariga chegirmalar joriy etildi.

- individual yo‘lovchilar uchun - 30%;

- turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej o‘quvchilari, litseylar, oliy o‘quv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, O‘zR DBQ va boshqa idoralarning maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;

- oila (2 va undan ortiq kishi, ya‘ni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan onalar) uchun - 50%;

- nafaqaxo‘rlar uchun - 50%;

- nogironlar uchun  - 50%;

- 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun  - 50%;

- 1941-194-yillardagi urush paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun  - 50%;

- Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun  - 50%.

Sizga yoqimli va xavfsiz parvozlar tilaymiz!

PDF-ni yuklab oling